Qoraqalpogʻistonda "Yoshlar sport haftaligi" qanday oʻtmoqda?

Xabaringiz bor, aholining barcha qatlamlari orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida joriy yilning oktyabr oyi boshidan boshlab, Respublikamizning barcha hududlarida “Yoshlar sport haftaligi”, “Xotin-qizlar sport haftaligi”, “Mahalla va nuroniylar haftaligi”, “Taʼlim muassasalari haftaligi” oʻtkazildi.

2018 yil IV choragida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi ishlab chiqildi.

Rejaga asosan ushbu haftaliklar yil davomida oʻtkazib borilishi belgilangan boʻlib, joriy yilning 29 oktyabr – 3 noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining  barcha tuman va shaharlarida “Yoshlar sport haftaligi” oʻtkazilmoqda.

Kecha va bugun  “Yoshlar sport haftaligi” ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari bilan boshlandi.

Jumladan, Shoʻmanay tumanida “Yoshlar sport haftaligi”ning birinchi kuni stol tennisi musobaqalari oʻtkazildi. Unda barcha yosh toifalarida yigit va qizlar sovrinli oʻrinlar uchun bahs olib borishdi.

Taxiyatosh tumanida esa qizlar va oʻgʻil bolalar oʻrtasida uzunlikka sakrash va yugurish musobaqalari oʻtkazildi.

Musobaqada ishritok etgan Dilfuza Jalgasbayeva qizlar oʻrtasida uzunlikka sakrash musobaqasida gʻolib boʻldi.

Murabbiylaring taʻkidlashicha,  Dilfuza bu natija bilan terma jamoaga ham kirishi mumkin ekan.

Qoraqalpogʻistonda "Yoshlar sport haftaligi" qanday oʻtmoqda?

 

Qoraqalpogʻistonda "Yoshlar sport haftaligi" qanday oʻtmoqda?

 

Qoraqalpogʻistonda "Yoshlar sport haftaligi" qanday oʻtmoqda?

 

Qoraqalpogʻistonda "Yoshlar sport haftaligi" qanday oʻtmoqda?

 

Qoraqalpogʻistonda "Yoshlar sport haftaligi" qanday oʻtmoqda?

 

скачать dle 10.6фильмы бесплатно
  • 30-10-2018, 10:55 |
  • 139


Имя:*
E-Mail:
  • winkwinkedsmileam
    belayfeelfellowlaughing
    lollovenorecourse
    requestsadtonguewassat
    cryingwhatbullyangry
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив