Nukus bozoridagi tunnel buzib tashlanyapti
Nukus shahrining Dehqon bozori qarshisidagi yo’lovchilar uchun yagona o’tish joyi bo’lgan tunnel buzib tashlanyapti. Gap shundaki, bozor yaqinidagi yo’lning kengaytirilayotganligi sababli tunnelning har ikkala tarafi va ichki qismi buzilmoqda.
Yo'lovchilar biroz muddat tunneldan o'ta olishmaydi. Qurilish obyektidagi yetakchi mutaxasisslarning so'zlariga qaraganda, tunnel butunlay buzilmaydi, aksincha yo'l kengaytirilib yo'lovchilar o'tish joyi ham zamonaviy talablarga javob beradigan qilib tamirlanadi.
Bundan tashqari, yo'l kengayishi natijasida bozor yonidagi mashinalar tirbandligining oldi ham olingan bo'ladi.
Manba: saidahmadov.blogspot.com
- 21-01-2018, 18:46 |
- 2 090