Tahtakoʻpirlik tadbirkor Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga 20 ming dona tibbiyot niqoblarini etkazmoqchi

2019 yilda BMTTDning koʻmagini olgan tuya jungini qayta ishlash boʻyicha koʻp tarmoqli “Rano-Sheber” sexi bugungi kunda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarmoqda.

Kichik biznesning eng kuchli jihatlaridan biri uning turli sharoitlarga, jumladan, inqirozli vaziyatlarga, biron bir talafotsiz, tezlik bilan moslasha olishida. Mazkur maʻnoda soʻz Qoraqalpogʻistonning Tahtakoʻpir tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash haqida bormoqda.

Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi tumanning toʻrt nafar ayoli ishlayotgan “Rano-Sheber” korxonasi uchun xom ashyo xarid qilishga koʻmak ko‘rsatdi. Bu yerda olti qatlamli dokadan tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish boshlandi. Yaqin orada 25 ming dona tayyor mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda, uning 20 ming donasini Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboriladi. Qolgan niqoblar esa hamjamiyat aholisi oʻrtastida tarqatiladi.

Tahtakoʻpirlik tadbirkor Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga 20 ming dona tibbiyot niqoblarini etkazmoqchi

 

2015 yilda Ulbolsin “Aydin Jol” qishloq fuqarolar yigʻinida teri yungini qayta ishlash boʻyicha kichik sex ochgandi. 2018 yilda esa Oʻzbekistondagi BMTTDning koʻmagida unga zamonaviy uskunalar taqdim etiladi.

Tahtakoʻpirlik tadbirkor Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga 20 ming dona tibbiyot niqoblarini etkazmoqchi

 

- Shunday qilib biz tuya yungidan kiyim, choyshab va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshladik. Qoraqalpogʻiston xalqi uchun ishlamoqdamiz, mahsulotimizni butun respublikamiz bozoriga yetkazib bermoqdamiz. Koronavirus infeksiyasi tarqatlgani tufayli joriy qilingan karantin eʼlon qilingunga qadar biz mahalliy ayollar uchun mahorat darslari va bilim kurslarini oʻtkazib kelardik,- deydi Ulbolsin Annabayeva, “Rano-Sheber” kichik korxonasi rahbari.

Tahtakoʻpirlik tadbirkor Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga 20 ming dona tibbiyot niqoblarini etkazmoqchi

Ayollar va qizlarga taʼlim olish teng sharoitlarni taqdim etish, turli sohalarda, shu jumladan, tadbirkorlikda oʻz salohiyatlarini rivojlantirish jahonning barcha mintaqalarida iqtisodiy barqarorlikka va hamjamiyatlarni rivojlanishiga tezroq erishishga koʻmak beradi. 

скачать dle 10.6фильмы бесплатно
  • 4-05-2020, 18:29 |
  • 670


Имя:*
E-Mail:
  • winkwinkedsmileam
    belayfeelfellowlaughing
    lollovenorecourse
    requestsadtonguewassat
    cryingwhatbullyangry
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив