Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralari Qoraqalpogʻistondagi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi

Umumiy karantin davrida Qoraqalpogʻistonning beshta shimoliy tumanlari aholisi doimiy ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlanish imkoniga ega. Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va d ehqon xoʻjaliklarining iqlim barqarorligini taʼminlash uchun Moʻynoq, Kegeyli, Taxtakoʻpir, Chimboy va Qonlikoʻl tumanlarida BMT Taraqqiyot Dasturining koʻmagida keyingi ikki yil mobaynida 564ta issiqxona qurilgan. 2000 nafardan ortiq odam yopiq tuproqda koʻchatlar va sabzavot-poliz ekinlarini yetishtirish usullariga oʻqitildi.

Aholining oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish sharoitidagi ustuvor vazifalardan biri – oziq-ovqat havfsizligini taʼminlash masalalari hisoblanadi.  Loyihaning namunaviy tumanlaridagi 1000dan oshiq oila oʻzlarining shaxsiy issiqxonalarini qurishga muvaffaq boʻldilar, yaʼni, besh ming nafar inson - ushbu issiqxonalar egalarining oila aʼzolari endilikda uydan chiqmasdan daromadga ega boʻldilar. Yaqin vaqt ichida biz yana ikki mingta issiqxona qurishga koʻmak berishni rejalashtirmoqdamiz, natijada xonadon sharoitida yana 2000ta ish oʻrni yaratiladi, hamda 10 mingdan ortiq inson sabzavot-poliz mahsulotlaridan bahramand boʻladi, - dedi Baxit Aybergenov, BMTTDning Oʻzgidromet bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihasi mutaxassisi.

Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralari Qoraqalpogʻistondagi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi

 

Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralari Qoraqalpogʻistondagi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi

  

Keyingi yillarda Oʻzbekistonda aholi tomonidan tomorqa yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha qator hujjatlar qabul qilindi, alohida qonunlarga oʻzgartishlar kiritildi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, mana shunday yer egalari yiliga ikki-uch marotaba hosil oladi, bir oila 8-10 sotix yerdan oʻrtacha 50-60 million, baʼzilar esa 100 million soʻmgacha daromad olish imkoniga ega[1]. BMTTDning koʻmagida 630 nafar tomorqa yer egalari, chorvachilik boʻyicha ishlab chiqarish kooperativlari aʼzolariga tomchilatib sugʻorishning gravitatsiya tizimlari yetkazib berildi. Bunday usul Qoraqalpogʻistonning qurgʻoqchil iqlim sharoitlarida anchagina muhim boʻlgan suv resurslarini kattagina miqdorda tejash imkonini beradi. Ushbu sektorda 1 260ta ish oʻrni yaratildi. Bu yil mana shunday tizimlarning 2 000 donasini loyihaning namunali tumanlari aholisiga taqdim etish rejalashtirilgan, natijada 2 000 nafar odam tomorqa yerlarida ish bilan band boʻladi, 10 000 nafardan ortiq odam esa savbzavot-poliz mahsulotlaridan bahramand boʻlish imkonini olishadi.

 

Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralari Qoraqalpogʻistondagi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi

 

Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralari Qoraqalpogʻistondagi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi

 

Boz ustiga, chorvachilik kooperativlari egalari yil davomida xonadon sharoitida yashil yemlarni ishlab chiqara oladilar. Bu ishda ularga kuniga 40, 80, 120, va 500 kg ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan gidropon qurilmalari yordam beradi. 2019 yilda loyiha doirasida 540 200 kg yashil yem ishlab chiqarish umumiy quvvatiga ega boʻlgan mana shunday 8ta qurilma taqdim etilgan edi. Bu miqdor 100 bosh qoramolni yil davomida ozuqlantirishga yetadi. Toʻplamga elektroliz qurilmalari ham kiradi. Bir kunda ular yashil yem ishlab chiqarishda ishlatilinadigan gʻallani zararsizlantirish uchun dezinfeksiya vositasi boʻlgan gipoxlorit natriyni 80 litrigacha tayyorlay oladi.

Shu kunlarda Moʻynoq tumanidagi “Ajiniyaz Jaylawlari” va Bozatov tumanidagi “Bozatau Jaylawi” yaylov kooperativlarining raislari davlat-epidemologik nazoratning tuman markazlari mutaxassislari bilan birgalikda ijtimoiy inshootlar dezinfeksiyasini oʻtkazmoqdalar, hamda mahalliy aholiga koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish uchun gipoxlorit natriyni taqdim etmoqdalar. 

Ammo eng asosiysi - fermerlarga suv kerak. BMTTD Kanadaning mahalliy tashabbuslar fondi bilan birgalikda yil davomida Bozatov tumanining “Koksuu” qishloq fuqarolar yigʻinida quvvati  6 m3/soat boʻlgan qayta osmos texnologiyasi yordamida yuqori darajada minerallangan suvni tozalash tizimi qurilmasini oʻrnatishni rejalashtirmoqda.  Mazkur qishloqda 3 955 nafar aholi istiqomat qiladi. Bunday tizimning bor yoʻgʻi ikki soat ishlatilishi barcha aholini suv bilan taʼminlash uchun yetarli boʻladi. Boshqa vaqtda esa tizim tomorqa yerlarini sugʻorishga ishlatilinadi. Odatdagi amaliyotda esa tozalangan suvdan qolgan namakob kanalizatsiya oqavasiga yoki kollektor-drenaj tizimiga tashlab yuboriladi. Yuqorida qayd etilgan holatda esa namakobdan dezinfeksiya vositasini olishni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda, bu esa ekologik muammo boʻlmish sugʻorish suvini ifloslanishini, hamda viruslar va infeksiyalarni tarqalishidan ogohlantiruvchi vositalar bilan aholini taʼminlash muammosini hal qiladi.

Qoraqalpogʻiston tumanlari uchun taklif etilayotgan choralar hududda oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini hal qilish, hamda suvning juda ham katta taqchilligi va qurgʻoqchilikni yuzaga kelishning yuqori xatari mavjud boʻlgan sharoitlarida suv va yer resurslaridan tejamkorlik va samarali foydalanish imkonini beradi.

[1] Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020 yilning 8 aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi natijalari boʻyicha

скачать dle 10.6фильмы бесплатно
  • 27-04-2020, 15:07 |
  • 565


Имя:*
E-Mail:
  • winkwinkedsmileam
    belayfeelfellowlaughing
    lollovenorecourse
    requestsadtonguewassat
    cryingwhatbullyangry
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив